Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank tomonidan «Bank xizmatlari markazlari» ochish ishlari davom ettirilmoqda

O‘zmilliybank tomonidan «Bank xizmatlari markazlari» ochish ishlari davom ettirilmoqda

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780 sonli «Xususiy mulkni ximoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zmilliybank tomonidan qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, mamlakatimizda aholi tomonidan bank xizmatlariga bo‘lgan talab va o‘zini qoplashni inobatga olgan holda bank filiallari tarmog‘ini kengaytirish hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining ommabopligini oshirishni ta’minlash maqsadida aholiga qulay bo‘lgan hududlarda bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlar Andijon viloyati Izboskan tumanida, Farg‘ona viloyatining Buvayda va Quvasoy tumanlarida ham amalga oshirilib, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan va avtomatlashtirilgan qurilmalar (bankomat, infokiosk) bilan jihozlangan bank xizmatlari markazlarining ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Yangidan tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari hodimlari tomonidan mijozlar va aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini, shu jumladan, kreditlar ajratish, hisob raqamlarga xizmat ko‘rsatish, yuridik shaxslarga «i-Bank» dasturi va jismoniy shaxslarga «Milliy» mobil ilovasi orqali masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirish, kredit mablag‘larini so‘ndirish, omonatlar ochish, «online» konvertatsiya qilish amaliyotlarini sifatli ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Kelgusida O‘zmilliybank mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kengaytirishni va bank xizmatlari ko‘rsatishni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring