Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank «Sumitomo Mitsui» bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kelishuv imzoladi

O‘zmilliybank «Sumitomo Mitsui» bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kelishuv imzoladi

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yaponiyaga ilk rasmiy tashrifi oldidan, joriy yilning 16 dekabr kuni O‘zbek-Yapon biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Yaponiyaning yetakchi bank-moliya kongolomeratlaridan biri bo‘lgan «Sumitomo Mitsui Financial Group» (SMFG) o‘rtasida umumiy qiymati 200 million AQSh dollariga teng bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuvning asosiy afzalliklari quyidagicha:

— Yaponiya yenasida yanada moslashuvchan, optimallashtirilgan va qulay moliyalashtirish shart-sharoitlarining taqdim etilishi;

— Eksport-kredit agentliklari, shu jumladan «NEKSI» yapon sug‘urta agentligi, tomonidan davlat kafolati berlishini talab etmaydigan sug‘urta qoplamasi mavjudligi;

— Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, yuqori texnologiyali uskunalar va xizmatlarni nafaqat Yaponiyadan, balki «SMFG» bo‘linmalarining keng tarmog‘i mavjud bo‘lgan dunyoning boshqa mamlakatlardan ham yetkazib berish imkoniyati.

Bugungi kunda O‘zmilliybank tomonidan umumiy qiymati 157,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihalar ro‘yxati tuzilgan va imzolangan Hamkorlik shartnomasi ushbu loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. Yuqoridagi loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbekistonning eksport salohiyatini 80 million AQSh dollari miqdorida o‘stirishga hamda 3300 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi.

Bundan tashqari, ushbu shartnoma, «SMFG» guruhi moliyaviy faoliyatning turli sohalarini qamrab olganligini hisobga olgan holda, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi: bank, sug‘urta, lizing sohalari, aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, yevrobondlarni chiqarish va boshqalar.

Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida SMBC Nikko investitsiya kompaniyasi tomonidan O‘zmilliybankni xalqaro kapital bozoriga chiqish jarayonida konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.

Yaponiyaga qilingan yuqori darajadagi mazkur rasmiy tashrif, O‘zbek-Yapon munosabatlari rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqich bo‘ldi. Ikki tomonlama kelishuvlari, jumladan O‘zmilliybank va «SMFG» o‘rtasidagi shartnomaning amalga oshirilishi, investitsiya sohasidagi samarali hamkorlik, savdo va texnologiyalar, umuman olganda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida:

Sumitomo Mitsui Financial Group (SMFG) – Yaponiyaning yirik bank korporatsiyasi bo‘lib, 2002 yilning dekabr oyida tashkil topgan. Sumitomo Mitsui banking Corporation yirikligi bo‘yicha Yaponiyada ikkinchi bank hisoblanadi. «SMFG» ning kapitali hajmi 104,3 mlrd. AQSh dollari, aktivlari – 1,94 trln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring