Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank faoliyatida qanday yangiliklar bo‘ladi?

O‘zmilliybank faoliyatida qanday yangiliklar bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

O‘zmilliybank tomonidan mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, masofaviy xizmat turlarini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot hamda texnik qurilmalardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Buning uchun Bankning IT-platformasi yangilanib, bo‘lim va filiallar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan yengillashtirish va ish hajmlarini maqbullashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

Bankning iqtisodiy samaradorligi kam, operatsion harajatlar miqdori ko‘p bo‘lgan Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa filiallarini Andijon bo‘limiga, Marg‘ilon filialini Farg‘ona bo‘limiga, Kattaqo‘rg‘on filialini Samarqand bo‘limiga, Olmaliq va Chirchiq filiallarini Toshkent viloyati bo‘limiga va Xiva filialini Urganch bo‘limiga birlashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu filiallar joylashgan tumanlarda aholi gavjum bo‘lgan hududlarda 2 tadan xizmat ko‘rsatish markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur xizmat ko‘rsatish markazlarida bank mijozlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan holda bank xizmatlari ko‘rsatish davom ettiriladi hamda aholi uchun qulay bo‘lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov uskunalari bankomat, infokiosklar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi.

Birlashtirilayotgan filiallarda ishlab kelayotgan xodimlar malakasini oshirish, qayta o‘qitish va yangi chakana bank mahsulotlari bo‘yicha ixtisoslashtirgan holda tashkil qilinayotgan markazlarda ish faoliyatlarini davom ettirish ishlari amaldagi mehnat qonunchiligi talablari doirasida olib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring