Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar o‘zgardi. Bu so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi o‘zgarish

«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar o‘zgardi. Bu so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi o‘zgarish

Bahodir Bahromovich Siddiqovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Abdullayev Mehriddin Razzoqovich «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Abdullayev Mehriddin Razzoqovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz»ning keyingi 15 oydagi to‘rtinchi rahbari. Bunga qadar  kompaniyaga 2018-yil sentyabrgacha Alisher Sultonov, 2018-yil sentyabrdan 2019-yil fevralgacha Bahrom Ashrafxonov, 2019-yil fevraldan 2020-yil yanvargacha Bahodirjon Sidiqov rahbarlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring