Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» ishga taklif etadi

«O‘zbekneftgaz» ishga taklif etadi

«O‘zbekneftgaz» AJ kompaniyasiga bir qator mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, quyidagi mutaxassislar ishga qabul qilinadi.

1. 1C dasturchi

Vazifalari:

- 1C korxona 8.3 platformasiga asoslangan nostandart konfiguratsiyalar uchun yangi funksiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

- Mavjud ishlanmalarni takomillashtirish, eski koddagi muammoli joylarni tahlil qilish va optimallashtirish;

- Buyurtmachining ixtiyorida ishlab chiqilgan funksiyalarni amalga oshirishda ishtirok etish;

- 1C tizimlarining bir-biri bilan, shuningdek, uchinchi tomon dasturlari bilan integratsiyasini sozlash;

- Uzluksiz ta’lim va malaka oshirish;

Talablar:

- Ish tajribasi: 2 yil va undan yuqori;

- 1C Korxona 8.3 platformasi, uning imkoniyatlari va mexanizmlarini bilish;

- Platformaning boshqariladigan shakllari va mijoz-server arxitekturasini bilish;

- 1C so‘rovlar tilining qiymati, murakkab ulanishlar bilan so‘rovlar yaratish, shuningdek, mavjud so‘rovlarni optimallashtirish qobiliyati;

- Ma’lumotlarni joylashtirish tizimi yordamida hisobotlar yaratish imkoniyati;

- Veb-xizmatlar va COM ob’yektlaridan foydalangan holda uchinchi tomon tizimlari bilan integratsiyani sozlash.

Shuningdek,

- Texnik vazifalar / texnik loyihalarni, shuningdek foydalanuvchi ko‘rsatmalarini tuzish tajribasi;

- Wyeb dasturlash asoslarini hamda boshqa dasturlash tillarini bilish;

- 1C mobil platformasi asosida mobil ilovalarni ishlab chiqish tajribasi;

- IP -telefoniya bilan 1C integratsiyasi tajribasi (Asterisk bilan bilan);

- 1C konfiguratsiyasi kengaytmalar yaratish qobiliyati; Shartlar:

- Turli yo‘nalishdagi innovatsion loyihalarda ishtirok etish;

- Hamfikr do‘stona jamoa;

- Uzluksiz malaka oshirish zaruriyati;

- Daromadingiz sizning kasbiy va professional qobiliyatingizga bog‘liq.

2. Dasturchi-muhandis

- Jarayonlarni boshqarish tizimlari, sanoat nazoratini va HMI panellarini dasturlash;

- PLS SCADA algoritmlari/dasturlarini ishlab chiqish;

- IEC 61131 standartining tillarida dasturlashtirish;

- KIP va A sohasidagi tajribaga ega bo‘lish;

- Asosiy sanoat protokollarini (Profibus, Profinet, Ethercat, Modbus va boshqalar) tuzish uchun bilimga ega bo‘lish.

3. NET veb-desktop dasturlarini ishlab chiqaruvchisi

- OOP tamoyillarini bilish,

- ASP.NET core MVC ni juda yaxshi bilish, MS SQL, S#, JavaScript, TypeScript, T-SQL tillarini bilish, LINQ, SOAP tushunish, shuningdek, ADO.NET Entity Framework texnologiyalari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.

- REST API mijoz-server modelini yaratish va tushunish qobiliyati.

- Unity 3D texnologiyasi bilimiga ega bo‘lish qo‘llab quvvatlanadi.

4. Java–dasturchisi

- OPP tamoyillarini tushunish;

- SUBD Oracle tajribaga ega bo‘lish.

- Zamonaviy java veb freymvorklar: Wicket, Spring i boshqalar.

- SUBD Oracle DB ish tajribasiga ega bulishi lozim.

Daromadingiz professional qobiliyatingizga bog‘liq. Rezyumeni [email protected] pochtasiga yuborishingiz so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring