Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi ta’minot omborlarida saqlanayotgan moddiy-tovar resurslar holatini o‘rgandi (foto)

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi ta’minot omborlarida saqlanayotgan moddiy-tovar resurslar holatini o‘rgandi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari ta’minot omborlarida saqlanayotgan moddiy-tovar resurslar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish maqsadida «Texnik ta’minlash va butlash» korxonasida bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, «O‘zbekneftgaz» AJ joriy yilda uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirish maqsadida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari doirasida 50 ta izlov-qidiruv quduqlarini va tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish maqsadida 72 ta ekspluatatsion quduqlarini, umumiy hisobda 122 ta quduqlarni o‘z mablag‘lari hisobidan burg‘ilashni reja qilgan.

Yangi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari import asosida olib kelinadigan material-texnik resurslarga uzviy bog‘liq. «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan import material-texnik resurslar ta’minoti bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2021-yilda burg‘ilash ishlarini uzluksiz olib borish va shu bilan birga 2022-yil uchun zaxira hajmini yaratish maqsadida jamiyat tomonidan umumiy summasi 68,0 mln AQSh dollari bo‘lgan 19 ta import shartnomalar imzolandi, shundan 30,5 mln AQSh dollari miqdorida shartnomalar moliyalashtirildi.

Ta’kidlash kerakki, «Texnik ta’minlash va butlash» korxonasining «Buxoro» omborxonasi joriy yil yanvar-aprel oylarida Rossiyaning «TMK», «ChTPZ» va Ukrainaning «Interpayp» zavodlaridan 3664 tonna mustahkamlash quvurlarini qabul qildi va 1866 tonna quvurlar ob’yektlarga chiqarib yuborildi.

Tashrif davomida ombor hududi kattaligi va undan unumli foydalanish kerakligi hamda quvurlar uchun qo‘shimcha maxsus saqlash joylari tayyorlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Yil boshidan pandemiya sharoitida ishlarni uzluksizligini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining bevosita tashabbuslari asosida bugungi kungacha 17,0 ming tonnadan ortiq mustahkamlash quvurlari, 110 dona PDC tipidagi va 135 dona sharoshkali dolotalar, 400 tonnadan ortiq nasos-kompressor quvurlari, 26 komplekt quduq tubi vintli dvigatellari olib kelindi.

Olib kelingan va shartnomaning moliyalashtirilgan qismi bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilishi mo‘ljallangan material-texnik resurslar bugungi kunda burg‘ilashda bo‘lgan va yil yakunigacha reja qilingan jami quduqlar uchun yetarli ekanligi muhim ahamiyatga molik.

Joriy yilda neft va gaz sanoati quvurlarini ishlab chiqarish borasida dunyoning yetakchilaridan biri bo‘lgan Rossiyaning «TMK» kompaniyasi bosh direktori Igor Valerevich Koritko va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayevlarning uchrashuvi natijasida ushbu kompaniya tomonidan dunyo bozoridan farqli o‘laroq, arzon narxlarda har xil tipdagi neft va gaz sanoati quvurlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu kompaniya tomonidan jami bo‘lib 17,4 ming tonnadan ortiq quvurlar saqlash omborlariga yetkazib berildi, quvurlarni ishlab chiqarish va yuklash ishlari to‘xtovsiz amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligidagi «Ishchi guruh» saqlash omborlaridagi material-texnik resurslarni saqlash, ishlatish va ularning hisobotlarini yuritish jarayonlarining joriy holati bilan tanishish uchun omborlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hisobotlarni yuritishning elektron dasturiy tizimini yaratish, saqlash omborlarida nazoratni kuchaytirish maqsadida IP kuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Quvurlar va boshqa material-texnik resurslarni saqlash tizimini nazorat qilish, hisobotini yuritish, ishlab chiqarish ob’yektlariga taqsimlash «O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari» MChJga zimmasiga yuklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aksionerlik jamiyatining Buxgalteriya va korporativ munosabatlar, Xaridlar departamentiga va Burg‘ilash ishlarini muvofiqlashtirish departamentlariga quduqlarni burg‘ilashda foydalaniladigan mustahkamlash quvurlarini ishlatish yuzasidan vazifalarni taqsimlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganish davomida, joriy yilda tuzilgan import shartnomalardagi tovarlar kamida 2 yil ishlab-chiqarishni uzluksiz ta’minlashga yetishi ta’kidlandi va ayni shu sabab omborxonadagi sharoitlarni bugundan boshlab tubdan yaxshilashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: 2021-yil «O‘zbekneftgaz» AJda qiymati 68 mln dollariga teng 18 ta import shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ushbu shartnomalar orqali keltiraladigan tovar-moddiy resurslarni qabul qilish va saqlash bo‘yicha Respublikamizning 4-hududida, 6 ta ta’minot omborlarida ya’ni, «Qarshi», «Koson», «Buxoro», «Qorovulbozor», «Qo‘ng‘irot», «Farg‘ona» ta’minot omborxonalari bilan ish olib borilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring