Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 15 ta banki jazolandi

O‘zbekistonning 15 ta banki jazolandi

Foto: «Xabar.uz»

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan Xorazm, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu hududlardagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo‘li banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Markaziy bank tijorat banklarini kelgusida ularning joylardagi barcha muassasalarida to‘lovlarni terminallar orqali amalga oshirish holati bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazishni davom ettirishi, shuningdek, tijorat banklaridan terminallardan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan bank xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan chetlatishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishini talab etishi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring