Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda import qilingan go‘sht mahsulotlari QQSdan ozod etildi

O‘zbekistonda import qilingan go‘sht mahsulotlari QQSdan ozod etildi

Foto: «Kommersant.Uz»

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yish mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring