Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Jahon pul haftaligi tashkillashtiriladi

O‘zbekistonda Jahon pul haftaligi tashkillashtiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Markaziy bank 2020-yil 23-29-mart kunlari butun dunyoda bo‘lib o‘tadigan «Jahon pul haftaligi» (Global Money Week) tadbirini tashkillashtirish bo‘yicha ish boshladi.

Joriy yilning 28-31-yanvar kunlari Markaziy bank tomonidan ushbu loyihaning tashkiliy masalalariga oid manfaatdor tashkilotlarni jalb qilish hamda tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xalqaro tashkilotlar va tijorat banklari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

«Jahon pul haftaligi»da respublika bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda turli o‘quv tadbirlari va tanlovlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank O‘zbekistonda Jahon pul haftaligini tashkillashtirish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Ma’lumot uchun: Jahon pul haftaligi – bolalar va yoshlarning moliyaviy jihatdan xabardorligini oshirish bo‘yicha yillik global ta’lim tadbiridir. Dunyo bo‘ylab mamlakatlar moliyaviy ta’limning ahamiyati va bolalarni moliya sohasiga jalb qilish hamda xabardorligini oshirish uchun ishtirok etmoqda. 2019 yilda 175 ta mamlakat ushbu tadbirni tashkil qilishda faol qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring