Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 1 fevraldan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi

O‘zbekistonda 1 fevraldan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

2020 yilning fevralidan budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta’minlanan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 30 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ushbu sanadan boshlab:

  • Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 679 330 so‘m (hozir 634 888 so‘m);
  • Bazaviy hisoblash — 223 000 so‘m (o‘zgarishsiz);
  • Yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m (hozir 436 150 so‘m);
  • Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m (hozir 436 150 so‘m);
  • Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 238 610 so‘m (hozir 223 000 so‘m) etib belgilanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring