Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 2,6 baravar ko‘p oltin sotdi

O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 2,6 baravar ko‘p oltin sotdi

Foto: «pikabu.ru»

O‘zbekiston oltin eksportini keskin oshirdi. Yil boshidan buyon 3,9 milliard dollarga teng oltin sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravarga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida oltin eksporti bir necha barobarga o‘sdi. Xususan, 2015-yilda bu — 823,9 million dollarni, 2016-yilda — 738,2 million dollar, 2017-yilda — 1,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Eksportning umumiy tarkibida oltinning ulushi 29 foizga etdi. Ikkinchi o‘rinda xizmatlar (18,6 foiz), uchinchi o‘rinda energiya va neft mahsulotlari (16,1 foiz) qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring