Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 1 million gektar yerni o‘zlashtirishda hamkorlar bilan ishlashga tayyor

O‘zbekiston 1 million gektar yerni o‘zlashtirishda hamkorlar bilan ishlashga tayyor

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev nutq so‘zladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Vazir dastlab konferensiyada butun dunyo e’tiborini tortayotgan muammo — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bu masalani hal etishda har bir davlatning o‘ziga xos o‘rni borligi, O‘zbekiston bu borada qo‘shni davlatlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish orqali Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sotiq tartiblarini soddalashtirish borasidagi ko‘plab muammolarni yechishga muvaffaq bo‘linayotgani haqida so‘z yuritildi.

Jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan – Orol fojiasini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, bu borada uning hududlarini o‘rmonzorga aylantirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi tashkil etilgan va ko‘plab davlatlar bu jamg‘arma faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, ayni paytda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanishiga erishiladi. O‘zbekiston bu borada hamkorlar bilan ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring