Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zavtosanoat Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumga taklif etadi

O‘zavtosanoat Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumga taklif etadi

2020 yil 23 yanvarda «O‘zavtosanoat» AJ jihozlar, butlovchi detallar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqaruvchilar ishtirokida Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumini tashkil etadi. Forumning asosiy maqsadi – ham avtosanoatda, ham boshqa tarmoqlarda importni qisqartirish, mahalliy xom ashyo va asos materiallarni qo‘llashni o‘zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliylashuvi darajasini oshirish, shuningdek tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.

UzAuto Market innovatsion maydoncha hududida o‘tadigan tadbir formati ochiq suhbat, muhokama ko‘rinishida potensial sheriklarning o‘zaro muloqotini, shuningdek mahalliylashtirish loyihalari hamda O‘zavtosanoat korxonalari bilan ehtimoliy kooperatsiya imkoniyatlari namoyishini nazarda tutadi.

Tarmoqlararo kooperatsion forum davomida UzAuto Market hududida ko‘rgazma paviloni ishlaydi, u yerda O‘zavtosanoat va boshqa kompaniyalar tomonidan O‘zbekiston avtobozoriga import qilinadigan butlovchi detallar, xom ashyo va materiallar taqdim etiladi. Ushbu mahsulot O‘zbekiston hududida, jumladan mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatlari bazasida ishlab chiqarish uchun hajm va ehtimoliy yo‘nalishlar namoyishi maqsadida taqdim etiladi.

Forumda barcha manfaatdor shaxslar, tadbirkorlar va O‘zavtosanoat korxonalari bilan hamkorlik istagida bo‘lganlar qatnashishlari mumkin.

Forumda qatnashish uchun maxsus shaklni to‘ldirish yoki T.me/UzAutoPRbot Telegram-boti yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring