Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Nazirov yangi tashkil etilgan agentlikka rahbar etib tayinlandi

Otabek Nazirov yangi tashkil etilgan agentlikka rahbar etib tayinlandi

Otabek Nazirov.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Otabek Nazirov ushbu yangi tashkil etilgan agentlikka direktori etib tayinlandi.

Xorijda ish tajribasiga ega Otabek Nazirov 2018-yilning may oyida O‘zbekistonga taklif etilgandi. Dastlab u Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.​Keyinchalik u Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazilgan va vazirlikda moliyalashtirish masalalarini tubdan isloh qilish ustida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Otabek Nazirov 1975-yili Toshkentda tug‘ilgan. AQShning Nyu-York shtatidagi Stouni-Bruk Davlat universitetida makroiqtisodiyotchi mutaxassisligini egallagan. Turli yillar davomida AQShning «GOLDMAN SACHS GROUP», Moskvadagi «TROYKA DIALOG» va «BANK MDM», Vashingtondagi «THE AVACENT GROUP» hamda Nyu-Yorkdagi «JP MORGAN CHASE» kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring