Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ochiq osmon», «Turizm qishlog‘i», Xonoboddan Mo‘ynoqqacha yo‘l, kino uchun pul — Prezident turizm to‘g‘risida farmon imzoladi

«Ochiq osmon», «Turizm qishlog‘i», Xonoboddan Mo‘ynoqqacha yo‘l, kino uchun pul — Prezident turizm to‘g‘risida farmon imzoladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida farmon imzoladi.

Farmonga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan:

  • turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSh dollari miqdorida qoplab beriladi;
  • xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi («rebate») bitta mahsulot uchun 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
  •  O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, «karaoke» zallari va turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi har bir loyiha uchun 10 million so‘m miqdorida qoplanadi;
  • tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha moddiy madaniy meros ob’yektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi;

YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros ob’yektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring