Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi ish boshladi

Namanganda xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi ish boshladi

13-sentyabr kuni Namangan viloyatida yirik xalqaro anjuman – «XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyalarning roli» mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

13-14-sentyabr kunlarida ikki kun davom etadigan Forumda jahonning 30 dan ortiq davlatidan, xususan Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Ummon, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Hindiston, Misr, Isroil, Singapur, Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus, Bolgariya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Ukrainadan 150 nafar xorijiy kompaniyalar vakillari va tibbiyot sohasining yetuk olimlari ishtirok etishmoqda.

Forumning birinchi kuni ertalabki dasturidan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xorijlik investorlar bilan muzokaralari ham o‘rin oldi.

Kunning ikkinchi yarmida beshta yo‘nalish - endokrinologiya, kardiologiya, jarrohlik, onalik va bolalik muhofazasi hamda farmatsevtika bo‘yicha seksiya yig‘ilishlari boshlanadi.

Forum doirasida xorijiy tadbirkorlar bilan tibbiy xizmatlar va farmatsevtikaga oid ko‘p million dollarlik qator investitsion shartnomalar imzolash kutilmoqda.

Ertaga tibbiyot sohasining taniqli namoyandalari ishtirokida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, viloyat perinatal markazida va viloyat kardiologiya markazida hamda «Anamed» va «Oydin shifo» xususiy klinikalarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

14-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Namangan davlat universitetida tashkil etilgan qo‘shma tibbiyot fakultetining ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring