Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda turk kompaniyasi chiqindidan elektr ishlab chiqarishi mumkin

Namanganda turk kompaniyasi chiqindidan elektr ishlab chiqarishi mumkin

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Kecha, 4-iyun kuni Namangan viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasida «Çalık Enerji» kompaniyasi boshqaruvi vakili Go‘kxan Kyuchyuk (Gökhan Küçük) bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Uchrashuvda Turk kompaniyasi tomonidan viloyatda umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan chiqindini qayta ishlash hisobiga 15  megavattgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilingan.

«Turkiyalik investorga viloyatning Chust, Norin, Uychi hamda Namangan shahridagi chiqindi poligonlari ko‘rsatildi hamda ushbu poligonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etildi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra turkiyalik investor viloyatda sarmoyadorlar uchun yaratib berilgan sharoitlar unga ma’qul kelgani hamda ushbu loyihani Namangan shahrida joylashgan chiqindi poligonida amalga oshirish to‘xtamiga kelganini ta’kidladi», — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring