Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Moliya vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Facebook/Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 4-martdagi buyrug‘i bilan G‘aznachilik boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Azamat Fozilov tayinlandi. Bu haqda vazirlikning «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Azamat Fozilov 1980-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2000-yilda Samarqand shahar moliya bo‘limida 1-toifali mutaxassis lavozimidan boshlagan, keyinchalik vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarda, xususan Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli Kitob jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining ijrochi direktori, Moliya vazirligi markaziy apparati Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori lavozimlarida samarali mehnat kilgan.

Moliya vazirligidagi ish staji 19 yil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring