Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank»ning Andijondagi filialida aholi omonat pul mablag‘lari 128 foizga oshdi

«Milliy bank»ning Andijondagi filialida aholi omonat pul mablag‘lari 128 foizga oshdi

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

«O‘zmilliybank» Andijon viloyat bo‘limida hozirgi kunda omonat pul mablag‘lari 48 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Aholining omonat pul mablag‘lari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 foizga ortgan. Mablag‘larning 75-80 foizini uzoq muddatli depozitlar tashkil etmoqda. Aholi bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish maqsadida «Investitsiya», «Barqaror», «Daromadli» nomli yuqori muddatli omonat turlari joriy qilingan.

Bundan tashqari «Zolotaya korona», «Vestern Yunion», «Yunistrim», «Kontakt», «Aziya Ekspress» va «Moni Gramm» nomli 6 turdagi xalqaro pul o‘tkazmalari mijozlarga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, chet el davlatlariga o‘qish-kontrakt, davolanish, moddiy yordam va konsullik o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

«Milliy bank»ning Andijon viloyati filialida shuningdek yana mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kommunal, notarius va jarima to‘lovlari qabul qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring