Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy bank» hamkorligida ishlab chiqarilayotgan gilamlar Yevropaga yetib bormoqda

«Milliy bank» hamkorligida ishlab chiqarilayotgan gilamlar Yevropaga yetib bormoqda

Foto: Behzod Abdujabborov

«Urgaz Karpet» MChJ faoliyati 2000 yilda boshlangan edi. Gilam ishlab chiqaradigan korxonada o‘sha vaqtlarda 35 kishi ishlardi va ishlab chiqarish hajmi u qadar katta emas edi. Keyin esa Milliy bank bilan hamkorlik boshlandi va korxona faoliyati shundan buyon yuqoriga ko‘tarildi. Hozir bu korxona 300 dan ortiq urgutliklarni ish bilan ta’minlagan.

Milliy bank «Urgaz Karpet»ga o‘tgan 20 yil davomida turli ko‘rinishda kreditlar taqdim etib keldi. Oxirgi marta bir yarim yil muqaddam 2,5 million yevro ko‘rinishida kredit berilgan edi. Ushbu mablag‘ korxonani kengaytirishga va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirildi.

Korxona stanoklari to‘liq Yevropadan keltirilgan. Germaniya, Avstriya, Belgiya va Turkiyadan keltirilgan dastgohlarda Yevropa darajasidagi sifatli gilamlar ishlab chiqarilmoqda. «Urgaz Karpet» tayyorlagan mahsulotlar yon qo‘shnilarimiz Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan tashqari yana Ozarbayjon, Latviya va Rossiyaga ham eksport qilinadi. O‘tgan yili 7,8 million dollarlik gilam xorijga sotildi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich yana-da oshirilishi kutilyapti.

Bir-biridan chiroyli gilamlarni tomosha qilar ekansiz, dizaynerlar mahoratiga ham qoyil qolasiz. Darvoqe, «Urgaz Karpet» MChJda 30 nafar dizayner ishlaydi va ularning barchasi urgutlik yoshlardan.

«Urgaz Karpet» va Milliy bank hamkorligi davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring