Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mikrokreditbank»ning rahbari o‘zgardi

«Mikrokreditbank»ning rahbari o‘zgardi

Foto: «Uzreport.uz»

«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruviga rais tayinlandi. Otabek Almardanov endi ushbu moliya muassasiga rahbarlik qiladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Shu paytgacha «Mikrokreditbank»da ushbu lavozim vakat sifatida qolayotgan va bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rasulov mazkur vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.

Otabek Almardanov bunga qadar O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

«O‘zsanoatqurilishbank»ning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 1978-yili Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tug‘ilgan. 1999-yili Qarshi davlat universitetini, 2007-yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini «O‘zsanoatqurilishbank»ning Toshkent shahar bo‘limimida devonxona 1-toifali mutaxassisligidan boshlab, bank boshqaruvi o‘rinbosarligigacha ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring