Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda?

Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda?

Foto: «Xabar.uz»

Bu ayniqsa, iste’mol va ipoteka kreditlarida ko‘rinmoqda. Bu hol O‘zbekistonda moliyaviy risklar yuqoriligidan darakmi?

Markaziy bank ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:

— Tijorat banklarining kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkalari ushbu resurslarning qiymati va kreditga bo‘lgan talab darajasi bilan bog‘liq. Bugungi kunda iqtisodiyotda uzoq muddatli resurslar bo‘yicha tanqislik mavjud. Shu bilan birga, yillar davomida yig‘ilib kelgan kredit chanqoqligi so‘nggi ikki yilda yuzaga chiqdi. Bu o‘z navbatida, foiz stavkalarining oshishiga olib keldi.

Ta’kidlash joizki, yaqinda bo‘lib o‘tgan Boshqaruv yig‘ilishida kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini maqbul darajasigacha pasaytirish bo‘yicha ham alohida makroprudensial mexanizm tasdiqlandi va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha maqbul stavka 21 foiz etib belgilandi.

Albatta, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etilishi, inflyasiya darajasi pasayib borishi va iqtisodiyotda uzoq muddatli pullar ko‘payib borishi milliy valyutadagi resurslar narxlarining arzonlashishiga va kreditlash bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring