Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank 20 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga kiritilishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Markaziy bank 20 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga kiritilishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Oxirgi paytlarda 100 000 so‘mlikning muomalaga kiritilishi bo‘yicha gap-so‘zlar ko‘paydi.

Foto: «UZ24».uz

Markaziy bankka yo‘llangan «2018-yilda 20 000 talik va 100 000 talik kupyuraning muomalaga kiritilishi ehtimoli qay darajada?» — degan savolimizga bu muassasa raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov quyidagicha javob berdi:

— Qayd etib o‘tish joizki, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 33-moddasiga asosan Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek, ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida axborotni, shuningdek, ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Bu boradagi yangiliklarni Markaziy bankning www.cbu.uz saytida ham kuzatib borish mumkin.

Bugungi kunda 20 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring