Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda bank xizmatlarini taqdim etuvchi zamonaviy markaz ish boshladi

Marg‘ilonda bank xizmatlarini taqdim etuvchi zamonaviy markaz ish boshladi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

2020 yil 17 sentyabr kuni Marg‘ilon shahrida O‘zsanoatqurilishbankning Bank xizmatlari markazi ochildi.

Markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa muddatda rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, markazda mijozlarga hisob raqam ochish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, qolaversa, bank xizmatlariga oid maslahatlar olish kabi ko‘plab xizmatlarni taqdim etadi.



Bank xizmatlari markazi 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan ta’minlangan. Bu yerda Marg‘ilon aholisi hamda mehmonlari haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, ushbu muassasaning ochilishi bilan O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi zamonaviy Bank xizmatlari markazlari soni 43 taga yetdi. An’anaviy filiallardan farqli ravishda mazkur markazlar ixcham shaklga egaligi bois aholining bank xizmatlariga bo‘lgan talabini tez va sifatli qondirish imkonini beradi.

Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zsanoatqurilishbank tomonidan respublikamizning turli hududlarida yana o‘ndan ortiq mana shunday Bank xizmatlari markazlari tashkil etiladi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring