Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 5 trillion dollar zarar yetkazadi
Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi ikki yil davomida jahon iqtisodiyotiga 5 trillion dollar zarar yetkazadi, deb xabar berdi TASS.
Xabarda aytilishicha, hukumatlar xususiy biznesni «uyda o‘tirishga majbur qilgani» uchun dunyo tinchlik zamonlarida 1930-yillardan beri eng chuqur retsessiyaga cho‘kadi.
Albatta, prognozlar sho‘ng‘ish uzoq cho‘zilmasligini, iqtisodiyotlar (mamlakatlar) o‘zini tiklab olishi uchun vaqt kerak bo‘lishini ko‘rsatmoqda, — xususan, «Bloomberg» agentligi ekspertlar xulosalarini bermoqda.
Masalan, «Citigroup» bank kompaniyasi bosh iqtisodchisi Ketrin Manning fikricha, jahon iqtisodiyoti $5 trln.dan ziyod zarar ko‘radi.
«JPMorgan Chase» banki prognozlari yanada aniqroq, ko‘riladigan zarar — $5,5 trln. Bank mutaxassislariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar 2008-2009-yillardagi hamda 1974-1975-yillardagi kabi iqtisodiy inqirozga uchraydi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytga kelib, koronavirus 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter