Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasiga rais tasdiqlandi

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasiga rais tasdiqlandi

Foto: «Ogorod.ru»

Elyor Abduhoshimovich Toshpo‘latov Hukumat qaroriga muvofiq Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018-yil 23-fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka navlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.

Shuningdek, tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlari urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring