Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25 foizga oshirildi

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25 foizga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

«2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020-yilda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi, deb xabar berdi «Norma».

Soliqlar pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2014-yildan buyon hukumat ko‘chmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi o‘zining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq budjet bundan ziyon ko‘rmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12% JShDSni to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:

  • noturar joylar uchun – 15-25%ga. Toshkent shahridagi noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan ko‘p o‘sdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming so‘m.
  • avtotransport vositalari uchun, o‘rtacha – 6%ga (9.12.2019 yildagi O‘RQ-589-son Qonunga 12-ilova).

Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12% stavka bo‘yicha JShDS solinadi.

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar uchun davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring