Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda donli mahsulotlar yetishtirish hajmi rekord darajaga chiqishi kutilmoqda

Jahonda donli mahsulotlar yetishtirish hajmi rekord darajaga chiqishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

FAOning 2020-2021 yillar mavsumi uchun prognoziga ko‘ra, dunyo miqyosida g‘alla yetishtirish rekord daraja — 2,780 million tonnaga yetishi mumkin. Bu 2019-2020 yilgi mavsumdan 2,6 foizga ko‘pdir.

Xususan, makkajo‘xori barcha turdagi don mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 90 foizini tashkil qiladi, Shimoliy Amerika va Ukrainada prognoz qilinadigan rekord darajadagi hosildorlik tufayli 64,5 million tonnadan — 1,207 million tonnagacha o‘sishi va shuningdek Janubiy Amerikada rekord darajada hosil olinishi kutilmoqda.

Guruch ishlab chiqarish ham rekord darajada — 508,7 million tonnani tashkil qiladi, bu 2019 yil darajasidan 1,6 foizga ko‘p bo‘lib, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyoda, shuningdek, AQShda kutilayotgan tiklanish tufayli ro‘y beradi.

Shu bilan birga, kelgusi mavsumda dunyo bo‘yicha don iste’moli mutlaq rekord darajaga chiqib, 2 732 million tonnaga yetishi taxmin qilingan.

2020-2021 yillar mavsumida guruch iste’moli yetarlicha ta’minlanib, o‘sish darajasi1,6 foizga oshishi mumkin.

2021 yilda xarid mavsumining oxiriga kelib, global don zaxiralari yangi rekord ko‘rsatkich — 927 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda. Bu iste’molga nisbatan butun jahon zaxiralari global nisbati 32,9 foizga o‘sishiga olib keladi. Xitoy dunyodagi don zaxiralarining 47 foiziga egalik qilishi kutilmoqda.

FAO hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-2021 yillar mavsumida dunyo bo‘yicha don savdosi hajmi 2,2 foizga o‘sib, 433 million tonnagacha yetadi, shu bilan barcha asosiy don turlari bo‘yicha o‘sish kutiladi va global guruch savdosining o‘sishi esa 6,2 foizni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring