Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Issiqxona biznesini boshlamoqchimisiz? Milliy bank mijozi tajribasi

Issiqxona biznesini boshlamoqchimisiz? Milliy bank mijozi tajribasi

Foto: Xabar.uz

Issiqxona biznesi oxirgi yillarda juda urf bo‘lmoqda. Buning uchun sharoit ham yetarli, albatta. Issiqxona bo‘yicha biznes reja bilan murojaat qilsangiz, bank sizga yo‘q demaydi. Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi «Shirin Agro Nur» MChJga 700 ming AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etdi. Tadbirkorlar esa bu mablag‘ hisobiga 1 gektar yerda zamonaviy issiqxona qurishdi.

Endi issiqxona qurilishiga yuzlansak. Hozirgi kunda turli texnologiyalar mavjud va o‘zingiz istagan loyiha asosida qurilishni boshlashingiz mumkin. Issiqxona qurish bilan maxsus shug‘ullanadigan kompaniyalar bor va istagingizga binoan xohlagan turdagi loyihani taqdim etadi. Didingiz, ta’bingiz va albatta cho‘ntagingizga qarab...

«Issiqxona loyihasi tayyor bo‘lgandan so‘ng kompaniya injeneri qurilish jarayonini nazorat qilib turadi. Quruvchilarni o‘zimiz yolladik, kompaniya injeneri har kuni jarayonni kuzatib, kunlik rejani tuzib berdi. U aytgandek ishladik», — deydi «Shirin Agro Nur» MChJ rahbari Sanjar Ashurov.

Issiqxona tayyor bo‘lgandan so‘ng Erondan qadoqlangan tuproq olib kelindi. Umuman, buni tuproq deyish ham qiyin, «maydalangan kokos», deya ta’rif berishdi. Zamonaviy issiqxonada pomidor, bodring, gul va boshqa mahsulotlar aynan shunday qorishmada yetishtiriladi. Bir gektar joyga 30 ming dollarlik «maydalangan kokos» sotib olish lozim. Keyin ko‘chat ham sotib olinadi.

«Bu yil ham ko‘chatni sotib oldik. Ammo kelasi yildan boshlab o‘zimiz yetishtirmoqchimiz. Issiqxona yonida bo‘sh joy bor va u yerda ham qurilish boshlaymiz. Bu borada Milliy bank bilan hamkorlik boshlashni rejalashtirib qo‘yganmiz», — deydi Sanjar Ashurov.

Issiqxonada hamma narsa avtomatlashtirilgan. Havo namligidan tortib o‘simlik holatigacha kompyuter nazorati ostida. Lozim bo‘lganda suv purkaydi, talab qilinganda esa ozuqa beradi. Qishda ozuqa harajatlari keskin oshib ketadi, bir kunda 1 million so‘mgacha borib yetadi. Isitish tizimiga esa oyiga 120 million so‘m atrofida sarflanadi.

«Shirin Agro Nur» MChJ issiqxonasidagi pomidor mevasi oktyabr oyi oxirlariga borib tayyor bo‘ladi. Bitta ko‘chat 6-7 kilogrammgacha hosil beradi. Biz korxonaning eksport salohiyati bilan qiziqdik. «Issiqxona chiqargan mahsulot eksport qilingan taqdirda o‘zini oqlaydi. Mahalliy bozor bilan shuncha harajatni qoplash qiyin», — deydi tadbirkor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring