Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka: Qarz oluvchilar va banklarga qanday talablar qo‘yiladi?

Ipoteka: Qarz oluvchilar va banklarga qanday talablar qo‘yiladi?

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan Aholiga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

U Prezidentning 2019-yil 28-noyabrdagi «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5886-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi.

Hujjat bilan qarz oluvchilar-jismoniy shaxslar va ipoteka kreditlarini berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilandi.

  1. Quyidagi talablarga to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olish uchun potensial murojaat qiluvchilar bo‘lishi mumkin:
  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarosi;
  • ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi;
  • qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari, ya’ni qarz yuki ko‘rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70%dan yuqori bo‘lmasligi;
  • ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
  1. Tijorat banklariga qo‘yiladigan talablar:
  • yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibni ishlab chiqish;
  • «Fitch Ratings» yoki «Standard & Poor’s» xalqaro reyting agentliklarining «V» darajasidan yoki «Moody’s Investors Service» reyting agentligining «V2» reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;
  • oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi;
  • davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy resurslar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;
  • MB tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan amaldagi chora va sanksiyalari mavjud bo‘lmasligi;
  • 500 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan regulyativ kapitaliga ega bo‘lishi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring