Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk marta: investitsiyaning YaIMdagi ulushi 38 foizdan oshdi

Tarixda ilk marta: investitsiyaning YaIMdagi ulushi 38 foizdan oshdi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan oshgan. Oldingi yillarda bu ko‘rsatkich 25 foizga ham yetmasdi, deyilgan 14-avgustdagi yig‘ilishda.

Birinchi yarim yillikda qariyb 86 trillion so‘m, ya’ni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi 2,7 barobar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilishi 3,7 barobar o‘sgan.

Shuningdek, yig‘ilishda yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish, tobora o‘sib borayotgan ichki ehtiyojni qondirish uchun xomashyo bazasini muntazam kengaytirish aytilgan.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berishda yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya resurslari uchun hisob-kitoblar tizimini tartibga solish, debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring