Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim tadbirkorlarning ko‘makchisi bo‘lishga va’da berdi

Hokim tadbirkorlarning ko‘makchisi bo‘lishga va’da berdi

Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-noyabr kuni tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish xususida hokimlarga qator tavsiya va topshiriqlar bergan edi.

Jumladan, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi bo‘yicha ko‘rsatma berilgandi.

Ushbu topshiriq yuzasidan Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev tadbirkorlarga murojaat qilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Hokim o‘z murojaatida viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, viloyat hokimi sifatida tadbirkorlarning birinchi darajadagi ko‘makchisi bo‘lishga va’da bergan.

«Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar, o‘z faoliyatlaringizni yanada kengaytirish, qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solib, har biringiz kamida 1 yoki 2 tadan ish o‘rinlari tashkil etib, band bo‘lmagan aholini doimiy ish bilan ta’minlasangiz viloyat bo‘yicha yangi ish o‘rinlari 10 mingdan 20 mingtagacha ortadi. Bu esa qanchadan-qancha oilalarning farovonligiga va turmush darajasining ortishiga olib keladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda men viloyat hokimi sifatida Siz azizlarning birinchi darajadagi ko‘makchingiz bo‘laman.

  • Bu borada erkin faoliyat yuritishingiz uchun qonun ustuvorligini ta’minlanishiga;
  • hududlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishingizda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda va yer maydoni ajratilishida;
  • Sizning tadbirkorlik faoliyatingizga noqonuniy tekshirishlarga barham berilishiga, soliq shaffofligini ta’minlanishiga kafolat beraman», deyiladi murojaatda.

Shuningdek, hokim barcha masalalarda shaxsan o‘ziga kunning istalgan vaqtida murojaat etishi mumkinligini, qolaversa, viloyat prokurori R.Masharipovga, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mavlyanovga hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i J.G‘oibovga ham murojaat qilishi mumkinligini bildirgan.  

Tadbirkorlar uchun doimo viloyat hokimligi va barcha tashkilotlarning eshiklari ochiqligini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring