Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘olibsher Ziyayev Bosh vazirning yangi tashkil etilgan kotibiyatiga mudir etib tayinlandi

G‘olibsher Ziyayev Bosh vazirning yangi tashkil etilgan kotibiyatiga mudir etib tayinlandi

G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev.

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib (PF-5718-son, 14.05.2019-y), tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati  tashkil etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring