Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarlarga aldanmang. «Milliy bank» aviachiptani shaxsiy plastik karta orqali sotib olishni tavsiya etadi

Firibgarlarga aldanmang. «Milliy bank» aviachiptani shaxsiy plastik karta orqali sotib olishni tavsiya etadi

Foto: O‘HY

Fuqarolarning ortiqcha ishonuvchanliklari yoki aviachiptalar xarid qilish elementar qoidalaridan bexabarliklari achinarli oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston havo yo‘llari ma’lumot berib o‘tdi.

Afsuski, ushbu oqibatlardan qochib qutulib bo‘lmaydi, ayniqsa vositachi orqali xarid qilingan chipta bilan. So‘nggi vaqtlarda xalqaro plastik kartalari orqali aviachiptalar xarid qilishda firibgarlik holatlari ko‘p uchramoqda.

Bu vositachilar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etiladi. Yo‘lovchiga aviachipta yoki tur-paketni katta chegirma bilan chipta sotib olish taklif qilinadi. Chiptani rasmiylashtirish yoki bron qilish uchun yo‘lovchidan shaxsiy ma’lumotlar olingach, aviachipta aviakompaniyaning veb-saytida yoki boshqa saytlarida rasmiylashtiriladi. Shundan so‘ng, ma’lum bir onlayn hamyon, tezkor pul jo‘natish tizimi orqali pullarni yuborish, yoki hatto «vositachi» odamga naqd pul berish so‘raladi. Natijada chipta o‘g‘irlangan kartadagi mablag‘lar orqali vositachilar tomonidan sotib olinadi. Ushbu yo‘l bilan xarid qilingan chipta oxir oqibat baribir bloklanadi, chunki karta egasi o‘z bankiga uning kartasidan ruxsatsiz pul yechilganligi haqida ma’lumot beradi.

Afsuski, xalqaro tajribada ham shu tarzdagi operatsiyalar haqida ma’lumotlar mavjud. Yo‘lovchilar aviakompaniyaning rasmiy dilerlaridan naqd pul to‘lash yo‘li bilan chiptalarni sotib olishganda, dilerlarning vijdonsiz xodimlari chiptalar uchun to‘lovni o‘g‘irlangan bank kartochkalardagi mablag‘lar orqali amalga oshirishgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu kabi holatlarni izohlab, ushbu faktlar o‘g‘irlangan telefon sotib olish bilan bir xil ekanligini ma’lum qilishadi. Bu kabi holatlarda qonundan bexabarlik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Bundan tashqari, uchib ketish bilan bog‘liq rejalarning barbod bo‘lishi, aslida o‘zlari aybdor bo‘lgan fuqarolarning g‘azabiga ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xodimlari fuqarolarga aviachiptani shaxsiy plastik karta orqali yoki ishonchli odamlarning bank kartalari orqali xarid qilishni, hamda shubhali vositachilar xizmatlaridan foydalanmaslikni tavsiya etishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring