Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermer xo‘jaliklari yerni garovga qo‘yib kredit olishlari mumkin bo‘ladi

Fermer xo‘jaliklari yerni garovga qo‘yib kredit olishlari mumkin bo‘ladi

Foto:«Xabar.uz»

Fermer xo‘jaliklari ijaraga olingan yerni kredit olishda garovga qo‘yishi mumkin. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Biznes-ombudsman yetakchi inspektori O‘ktam Choriyev ma’lum qildi.

Yer kodeksining 46-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar fermer va dehqon xo‘jaliklarni, bog‘dorchilik, polizchilik, chorvachilik va uzumchilikni yuritish uchun beriladi.

Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida
30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.

Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.

Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.

Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.

Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.

Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yekti bo‘lishi mumkin emas.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin.

Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring