Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi narxlar barqarorligini Markaziy Bank ta’minlaydi

Endi narxlar barqarorligini Markaziy Bank ta’minlaydi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi direktori Eldor Tulyakov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 17-avgust kungi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi» Qonun uchinchi o‘qishda qabul qilinganini ma’lum qildi.

«Qonunga ko‘ra, endilikda narxlar barqarorligini Markaziy bank ta’minlaydigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, Bankning qolgan ikki maqsadi, xususan, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi hamda to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishiga oid maqsadlar bosh maqsadga zid kelmasligi zarurligi ham belgilab qo‘yildi.

Bunda tashqari, yangi Qonunda Markaziy bankning maqsadi foyda olish emasligi ham aniq ko‘rsatib o‘tildi.

Narxlar barqarorligini ta’minlash aniq organ – Markaziy bankning bosh maqsadi sifatida belgilanishi bozor kon’yunkturasiga ijobiy ta’sir qilishiga umid qilamiz. Natijada esa joriy yilgi Davlat dasturining 58-bandida Markaziy bankka asosiy ijrochi sifatida yuklatilgan «Monetar siyosatni takomillashtirish, Hukumat va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha konsepsiyasi»ni ishlab chiqishga oid ishlarning ham samaradorligi ortadi», deb yozadi Eldor Tulyakov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring