Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi metroda jeton sotib olish shart emas, «HUMO» bo‘lsa kifoya

Endi metroda jeton sotib olish shart emas, «HUMO» bo‘lsa kifoya

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3945-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda «HUMO» to‘lov tizimi infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yana bir yangilik sifatida Toshkent metropolitenining 21 ta stansiyalarida vositasiz to‘lov ya’ni, «HUMO» plastik kartasi orqali turli bekatlarga qatnovlarni amalga oshirish dasturi nihoyasiga yetkazildi. Hozirda, metropolitenning «Buyuk Ipak Yo‘li», «Amir Temur hiyoboni», «Mustaqillik maydoni», «Paxtakor», «Mirzo Ulug‘bek», «Chilonzor», «Beruniy», «Minor», «Abdulla Qodiriy» bekatlarida karta orqali to‘lovning amalga oshirish tizimi yaratildi.

Naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish imkoniyatlari yana-da kengaymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring