Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Elegant Fiber Textile»: «Mikrokreditbank» eng ma’qul taklifni berdi

«Elegant Fiber Textile»: «Mikrokreditbank» eng ma’qul taklifni berdi

OAV uchun Sirdaryo viloyatidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Elegant Fiber Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi.

Ushbu korxona tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida faoliyat boshlagan.

Korxona rahbari Nosir Said Zahriddinning ta’kidlashicha, 3 mln. AQSh dollarilik mahsulot eksport qilish bo‘yicha shartnoma tuzishga ulgurgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati qariyb 1,3 mln AQSh dollari bo‘lib, shundan 750 ming AQSh dollari «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilgan.

Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, loyihada ishtirok etishni taklif qilgan banklar ichida eng maqbul taklif «Mikrokreditbank» tomonidan berilgan. Ish hajmini oshirish maqsadida yangi kredit mablag‘lari jalb qilinayotgani haqida ham ma’lumot berildi.

Korxonadagi uskunalar Yaponiya va Turkiyada ishlab chiqarilgan. Korxonada 200 ga yaqin yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu esa hudud aholisi bandligini ta’minlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring