Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasidan amaldagi tartibni bekor qilishni talab qilishdi

Deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasidan amaldagi tartibni bekor qilishni talab qilishdi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi faoliyati yuzasidan qo‘mita raisi M.Azimovning axboroti eshitildi.

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, eshituvda deputatlar qo‘mita raisidan bir qator masalalarni hal etish talabini qo‘ydilar. Jumladan, 2016-yil 20-yanvarda Bojxona kodeksi qabul qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar sohada qonunosti hujjatlar ko‘pligi sababli bunday hujjatlarni kamaytirish masalasi qo‘yildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 11-mayda 925-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlarini undirish tartibi» tadbirkorlarga qiyinchilik tug‘dirish bilan birga, unda korrupion illatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Ushbu tartibda belgilangan joydan tashqarida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun har bir xodimning ish vaqti uchun «Yevro» valyutasida hisob-kitob amalga oshirilishini qanday tushunish mumkin, degan asosli savol qo‘yildi. Tartibda belgilangan joyga bojxona xodimining yetib borishi uchun sarflanadigan vaqt ham hisobga olinmagan va natijada amaliyotda qayerdadir hisoblayapti, qayerdadir esa yo‘q. 

Eshituv yakunida Bojxona qo‘mitasi raisidan ushbu tartibni ham bekor qilish yoki o‘zgartirish talab qilindi, deb yozmoqda deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring