Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy yo‘llar quriladi

Davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy yo‘llar quriladi

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

Hukumat qarori bilan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik loyihasi tashabbusi davlat tomonidan yoki xususiy sherik tomonidan chiqishi mumkin.

Tanlov o‘tkazish uchun sherik huzurida kamida etti kishidan iborat Tanlov komissiyasi tashkil etiladi, uning tarkibiga mutasaddi tashkilot vakillari jalb etiladi.

Davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarda ishtirok etish xohishini bildirgan yuridik shaxs Tanlov komissiyasiga ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki boshqa hujjatning nusxasi;
  • loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar;
  • investitsiya loyihasi;
  • investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
  • majburiy yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.

Ariza o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi va Tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

  • tanlov e’lon qilish to‘g‘risida;
  • davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida;
  • talablar buzilishini bartaraf etish uchun arizani qaytarish to‘g‘risida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring