Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet el valyutasi bo‘yicha talab kuchaytirildi

Chet el valyutasi bo‘yicha talab kuchaytirildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (PQ–5811-son, 05.09.2019-y.) kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechib  olishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlariga ularning boshqaruv organlari 2017-yilning 5-sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring