Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda Markaziy Osiyodagi ilk ekologik toza neft mahsulotlari ishlab chiqariladi

Buxoroda Markaziy Osiyodagi ilk ekologik toza neft mahsulotlari ishlab chiqariladi

Foto: Xabar.uz

2020 yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 553 million AQSh dollariga teng modernizatsiya loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha amalga oshirilgach, 1997 yilda asos solingan zavod ilk bor texnologik jihatdan yangilanadi. Bu haqda jurnalistlar bilan tashkil etilgan brifingda ma’lum qilindi.

Zavodda har yili 2,5 million tonna neft va gaz kondensati qayta ishlanadi. 1,2 million tonna «Yevro-5» standartidagi benzin, 200 ming tonna aviakerosin, 750 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 30 ming tonna mazut ishlab chiqarishga erishiladi.

Zavod yiliga 2,5 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega, ammo shunga qaramay, uglevodorod xomashyosi hajmi ortidan neftni qayta ishlash zavodi bandligi 62.2 foizni tashkil etgan. Shu bois, zavodni modernizatsiya va qayta qurish maqsadida davlat ahamiyatiga molik yettita yirik loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu loyihalar esa uch bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda joriy yilning o‘zida ishlab chiqarish hajmining 20 foizi Yevro-4,5 standartlari va 80 foizi Yevro-3 standarti talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish ta’minlanadi. 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichning amalga oshirilishi natijasida Yevro-4, Yevro-5, talablariga javob beradigan yuqori oktanli AI-91, AI-93, AI-95 avtobenzinlarni ishlab chiqarish hajmi ortadi va 100 foiz Yevro-5 standarti bo‘yicha dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish ta’minlanadi. Uchinchi bosqich esa 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan. Bunda qayta ishlash hajmini 79 foizdan 95 foizgacha, ochiq tusdagi mahsulotlar hajmi esa 77 foizdan 92 foizgacha oshadi.

Hozirgi kunda loyihani amalga oshirish uchun kompaniya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati ishlab chiqilgan. Birgina «Kazmunaygaz» MK AJ kompaniyasi va «SKE&C» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan modernizatsiya qilish konsepsiyasi orqali ishlab chiqarish quvvatini 4 million tonnaga yetkazish taklif qilingan.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning SK Engineering & Construction (SK E & C) kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qiladi. Zavod Markaziy Osiyodagi ilk ekologik jihatdan toza neft mahsulotlarini ishlab chiqara boshlaydi. Mazkur modernizatsiya ishlari zavodga benzin, dizel yoqilg‘isi kabi mahsulotlari sifatini yaxshilash imkonini yaratadi. SK E & C qurilish jarayonida yangi EuroV ekologik standartlariga javob beradi. Hozirda zavodning bir kunlik quvvati 50 000 barrelni tashkil etmoqda.

Laylo Hayitova
Buxoro

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring