Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun birinchi O‘zbekiston ochiq keys-chempionat ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlanadi

Bugun birinchi O‘zbekiston ochiq keys-chempionat ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlanadi

Bank-moliya akademiyasida o‘qish uchun 1400 nafar nomzod http://qabul.bfa.uz/ saytida keys-chempionatda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Oliy ta’lim muassasasiga qabul birinchi marta jamoaviy sinovlar, qobiliyatlar testi va ish beruvchilar bilan intervyu tarzida o‘tkazilmoqda.

MVA (bank ishi) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga 600 dan ziyod kishi ariza topshirdi, bu bir o‘ringa 20 nafardan ortiq nomzod to‘g‘ri kelayotganini anglatadi. Joriy o‘quv yilidan boshlab Akademiyaning barcha tinglovchi-talabalariga bitta tilni bilish va yana ikki til (o‘zbek, rus, ingliz tili)ni tushunish talabi qo‘yiladi.

O‘quv dasturi 100 dan ziyod akademik fanlardan iborat bo‘lib, talabalar o‘z amaliy faoliyatlari uchun ulardan eng dolzarblarini tanlash imkoniga ega. FinTech, Data Science, risk-menejment, kiberxavfsizlik, emotsional intellekt, o‘zgarishlarni boshqarish va boshqa qiziqarli fanlar shular jumlasidandir.

O‘quv jarayonlariga Moskva, Olma-Ota, Qohira, Bryussel singari dunyo poytaxtlaridan eng ilg‘or biznes maktablari professorlari va professional amaliyotchilari jalb qilinib, bank va moliya muassasalari rahbarlarining yangi avlodini tayyorlashda ishtirok etadilar.

Ta’kidlash kerakki, chempionat ishtirokchilari orasida raqobat juda yuqori, birinchi va ikkinchi turda ishtirok etishga ariza bergan 66 jamoadan atigi 30 tasi kerakli ball to‘pladi. Jamoalar moliya tashkilotlari kelajagi, soliq tizimini isloh qilish, kambag‘allikni qisqartirish va dollarlashuv, ilg‘or texnologiyalarning iqtisodiyotga va jamiyatga ta’siri bilan bog‘liq keyslarni yechdi.

Sizda mamlakatimiz moliya elitasi vakillari doirasidan o‘rin egallash imkoniyati hali ham bor. Shunday ekan bugun tungacha http://qabul.bfa.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘ting. E’tiborlisi, magistraturaga hujjat topshirishda bazaviy ta’lim va egallab turgan lavozim bo‘yicha barcha cheklovlar bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring