Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi

Bo‘stonliqda soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi

Foto:«Xabar.uz»

«Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish ob’yektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibini joriy etish to‘g‘risida»  Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan boshlab, 2021-yil 1-maygacha Bo‘stonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish ob’yektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibi joriy etiladi.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, dala hovli, yakka tartibdagi uy-joylar va yashash uchun mo‘ljallangan boshqa turar joylar, shuningdek, ayrim mol-mulk turlari soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan soliq solish ob’yektlarining hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi bepul beriladigan guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining ijaraga berilishi bilan bir vaqtda Davlat soliq qo‘mitasining yagona elektron platformasiga (mobil ilova yoki veb-sayt orqali) bu haqdagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.

Ko‘chmas mulk ob’yekti va ayrim mol-mulk turlari soliq organlarida hisobga olingan maxsus cheklar taqdim etish orqali ijaraga beriladi hamda tegishli soliqlar to‘langanda, ushbu faoliyatdan tushgan naqd pulni bank kassasiga topshirish ixtiyoriy hisoblanadi.

Hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz ko‘chmas mulklar va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish yoxud ko‘chmas mulklarning ijaraga berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron platformaga kiritmaslik – soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida ayrim mol-mulk turlarini ijaraga beradigan jismoniy shaxslar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart emas hamda ularning daromadlariga belgilangan tartibda deklaratsiya asosida soliq solinadi.

Tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda oilaviy mehmon uylari xizmatlari ko‘rsatayotgan va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga mazkur talablar tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring