Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari uchrashdi

Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari uchrashdi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-avgust kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashdi.

Dastlab hukumat rahbarlari o‘rtasida tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng ikki mamlakat hukumatlari vakillari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara boshlandi.

So‘nggi yilda O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilib, aniq amaliy mazmun bilan boyigani qayd etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Majlisda Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, shuningdek, hukumat rahbarlari raisligida 2018-yil mart va dekabr oylarida Farg‘ona va O‘sh shaharlarida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegaradosh hududlari rahbarlari kengashining o‘tkazilgan majlislarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining qolgan qismini delimitatsiya qilish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish singari masalalar muhokama etildi.

Qo‘shimcha o‘tish punktlarining ochilishi chegaradosh hududlar aholisiga qulaylik yaratish bilan birga, mamlakatlarimiz orqali tranzit oqimini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ikki mamlakat shaharlariaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish, suv va energetika sohasida xamkorlik kilish masalalari xam kurib chikildi.

Ikki davlat bosh vazirlari ishtirokidagi hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi va O‘zbekiston bilan Qirgiziston chegaradosh hududlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi joriy yil sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Foto: «Xabar.uz»

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi vazirliklari, karantin xizmatlari o‘rtasida hamkorlik qilish hamda mineral o‘g‘itlar eksporti bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring