Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Banklar bir kunda qariyb 10 mln. dollar naqd valyuta sotdi

Banklar bir kunda qariyb 10 mln. dollar naqd valyuta sotdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston banklari 21-avgust kuni aholiga 15 mln. dollardan ziyod valyuta sotdi, ularning qariyb 10 mln. dollari naqd pul ko‘rinishida, deb xabar berdi «Gazeta».

«O‘zbekiston tijorat banklari 21-avgust kuni jismoniy shaxslarga 15,2 mln dollar sotdi, ularning 9,6 mln dollari — naqd pul ko‘rinishida, qolgan qismi — onlayn», deya xabar qildi Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev payshanba kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.

Xuddi shu kuni banklar tomonidan aholidan sotib olingan xorijiy valyuta hajmi 20 mln. dollarni tashkil etdi. «Biz bozorda muvozanat kuzatilayotganini ayta olamiz», — deya qayd etdi MB departament rahbari.

Valyuta birjasida milliy valyuta kursi ketma-ket ikki kundirki mustahkamlanmoqda — 20-avgust kuni dollar kursi 9384 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 21-avgust kuni — 9379 so‘m, 22 avgustda esa 9371 so‘mni tashkil etdi.

20-avgust kuni mamlakat banklari ayriboshlash shoxobchalari orqali naqd ko‘rinishdagi xorijiy valyutani sotishni boshladi. Bunga qadar xorijiy valyutani faqat kartalarga sotib olish mumkin edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring