Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Banklar «ishonchli mijozlar»ga qulay shartlarda kredit ajrata boshladi

Banklar «ishonchli mijozlar»ga qulay shartlarda kredit ajrata boshladi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zsanoatqurilishbank» O‘zbekistonda birinchi marotaba tadbirkorlar uchun oldindan ma’qullangan kreditlarni taqdim eta boshladi, deb xabar bermoqda «Bank va mijoz» kanali.

Kredit shartnomasini imzolash orqali bank mijozlari 1 yil davomida istalgan vaqtda o‘zlarining vaqtinchalik xarajatlarini qoplash uchun ushbu liniyadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqida bankning telegram kanalida ma’lum qilingan.

Ipoteka bank ham yuridik shaxslar uchun ishonchli kredit ajratishini ma’lum qilmoqda.

Kredit mablag‘lari bankda asosiy hisobvarag‘iga kamida 3 yildan beri xizmat ko‘rsatiladigan bank mijozlariga ajratiladi.

Kredit muddati 12 oy, kredit miqdori 500 mln.so‘mgacha, ta’minotsiz!

Boshqa shartlari haqida batafsil bank saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring