Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Ayrim texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Foto:«Xabar.uz»

«Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi:

- 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);

- 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring