Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kompaniyasi Navoiyda katta shifoxona quradi

AQSh kompaniyasi Navoiyda katta shifoxona quradi

Illyustrativ surat

AQShning «US Inc.» kompaniyasi Navoiy shahrida Klinik-diagnostik laborator-tadqiqot bazasi va Tez tibbiy yordam markazi quradi. 19-avgust kuni O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Javlon Vahobov komaniya direktori Mark Vinters bilan uchrashgan.

Qurilish loyihasi mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiyga tashrifi chog‘ida taqdim qilingandi. Amerikalik investor shu paytgacha Navoiyda «US SCIENTIFIC NAVOI» MChJni ochgan. Viloyat hokimi esa qurilish uchun 0,75 gektar yer ajratgan.

17-may kuni o‘zbek-amerika-kanada biznes forumida Navoiy viloyati hokimligi va «US Inc.» kompaniyasi loyihani amalga oshirish uchun memorandum imzolagan. Loyiha qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish orqali 24 mln. dollarni tashkil qiladi. Loyiha ishga tushgach, 200 odam ish bilan ta’minlanadi.

Suhbatda davomida Mark Vinters O‘zbekistonga kelishini aytgan. Tashrif paytida Navoiy shahrida yangi shifoxonaning bosh rejasi taqdim qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring