Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aziya-Invest Bank» AJ O‘zbekistondan mahsulotlar importini kreditlash doirasini kengaytirmoqda

«Aziya-Invest Bank» AJ O‘zbekistondan mahsulotlar importini kreditlash doirasini kengaytirmoqda

«Aziya-Invest Bank» AJ — «Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston milliy banki» AJning Rossiya Federatsiyasidagi sho‘’ba banki hisoblanib, muntazam ravishda, Rossiya korxonalarini moliyalashtirish, Rossiyaning federal va mintaqaviy savdo tarmoqlariga O‘zbekistondan to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

An’anaviy ishlab chiqarishdan tashqari, chet el bozoriga, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, kabel va sim, elektr – maishiy texnika mahsulotlari hamda elektr energiyasi uskunalarini ishlab chiqaruvchilarni birlashtiruvchi, «O‘zeltexsanoat» assotsiatsiyasining mahsulotlari ham chiqarilmoqda.

Bank hamda «O‘zeltexsanoat» o‘rtasidagi hamkorlik natijasida, Rossiya Federatsiyasiga maishiy va elektrotexnik mahsulotlarni import qiluvchi Rossiya korxonalari moliyalashtirila boshlandi. Natijada, Rossiya korxonalariga «Artel» kompaniyasi mahsulotlarining diler/distribyutorlari uchun kredit liniyasini ochish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Bank tomonidan «Artel» korxonasining Rossiyadagi distribyutori hisoblanuvchi «Artel - Rus» MChJ uchun kredit liniyasi ochildi. Bu esa korxonaga joriy yilning yakuniga qadar maishiy texnika mahsulotlarini yetkazib berish hajmini 10 mln. AQSh dollariga qadar oshirish imkonini beradi.

Rossiya bozorlariga «O‘zeltexsanoat» assotsiatsiyasining «Artel» va boshqa korxonalari mahsulotlarining eksport hajmini «Aziya – Invest Bank» AJning moliyaviy instrumentlaridan foydalangan holda oshirilishi, o‘zaro tovar ayirboshlashning tez sur’atlarda o‘sishi, ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, sanoat rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring